
JIDUda “Maqola yozishni birgalikda o‘rganamiz” nomli seminar-trening bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Maqola yozishni birgalikda o‘rganamiz” nomli seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun “Maqola yozishni birgalikda o‘rganamiz” nomli seminar-trening bo‘lib o'tdi.
Tadbirni JIDU “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shakirova Shohida kirish so‘zi bilan ochib berib, davlatimiz rahbari tomonidan 2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi, uning amaliy ahamiyati, yoshlar hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr va mulohazalar yuritdi.
Seminar-trening davomida JIDU magistranti Feruz Hakimov ishtirokchilar bilan ilmiy maqolalar yozish va nashr etish jarayonlari haqida muhim ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Trening talabalarning ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
F. Hakimov ilmiy maqola yozishning asosiy bosqichlarini, shu jumladan mavzuni tanlash, gipotezani shakllantirish va maqolaning tuzilishini muhokama qildi. Ishtirokchilar mavjud tadqiqotlarni aniqlash va bilimlardagi bo‘shliqlarni aniqlashga yordam beradigan adabiy sharhni o‘tkazish muhimligini bilib oldilar. Shuningdek, ilmiy jurnallar va nashr qilish platformalari haqida ma’lumot berdildi, maqolalarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish talablariga e’tibor qaratildi.
Seminarni yakunida, ishtirokchilar ilmiy ishlar yozish va nashr qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar, shuningdek, savollar berish va individual loyihalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Sana: | 19.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 325 |
Ulashish: |