JIDUda globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rgatish masalasi muhokama qilindi
JIDUda globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rgatish masalasi muhokama qilindi
Joriy yilning 18-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Globallashuv va barqaror rivojlanish davrida chet tillarini o‘qitishdagi innovatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda milliy va xalqaro ekspertlar, tilshunos olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar bir ovozdan maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) zamonaviy dunyoda muhim rol o‘ynaydi, chunki u turli sohalardagi mutaxassislarga xalqaro miqyosda samarali muloqot qilish va ma’lumot almashish imkonini beradi. Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarning katta qismi ingliz tilida nashr etilishi va ESP treningi mutaxassislarga o‘z sohasidagi texnik hujjatlar, jurnallar va tadqiqotlarni o‘qish va tushunishga imkon beradi deb ta’kidlandi.
Tarjimonlikni o‘rgatish malakali tarjimonlarga bo‘lgan talabni qondira oladigan mutaxassislarni yetishtirish uchun zarurdir.
Ma’ruzachilarning so‘zlariga ko‘ra, BRMlarni ingliz tilini o‘qitishga integratsiyalashgan holda, talabalar zamonamizning eng dolzarb muammolarini hal qilishda ishtirok etishga va barcha uchun yaxshi kelajak yaratishga tayyor.
Xalqaro konferensiya doirasida yalpi majlisdan tashqari to‘rtta seksiya ham bo‘lib o‘tdi. Ular xorijiy tillarni kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitishda yondashuv va amaliyotlar, ularni o‘rganishning umumiy masalalarini o‘rganish, tarjima nazariyasi va amaliyoti masalalari, barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘qitishga integratsiyalashuvini o‘rgandi.