JIDUda partiya vakillari va talabalar o’rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
JIDUda partiya vakillari va talabalar o’rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Joriy yilning 23-oktabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Yangi O’zbekiston universiteti hamkorligida O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan beshta partiyalar vakillari bilan uchrashuv va munozaralar uchun universitetimizda platforma yaratildi. Ushbu uchrashuvda:
1. O’zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi, yoshlar masalalari sho’ba mudiri – Nizomiddinov Muxsiddin;
2. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Qonunchilik palatasi deputati – Valiyev Muhammadjon;
3. O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi yoshlar masalalari bo’limi bosh mutaxassisi - Asrorov Zafar
4. “Millliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi bo’lim boshlig’i – Jo’raboyev Ibrohimjon Ilxomjon o’g’li;
5. O’zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengash ijroiya qo’mitasi rais o’rinbosari – Xofizov Baxriddinlar ishtirok etdilar.
Partiya vakillari bilan uchrashuvga bo’lgan qiziqish yuqoriligi sababli, uchrashuvga 300dan ortiq o’qituvchi va talabalar tashrif buyurishdi.
Dastlab har bir partiya vakiliga o’zlarining saylovoldi dasturlarini taqdimoti uchun vaqt ajratildi. Taqdimotdan so’ng partiyalar taklif etayotgan platformalar yuzasidan talabalar o’zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Uchrashuv natijasida talabalarimizning siyosiy partiyalar va ularning dasturlariga qiziqishlari bir necha karra oshdi va kelayotgan saylovda ovoz berish – yoshlar uchun o’z g’oyalari va qadriyatlarini ifoda etish uchun platforma ekanligiga amin bo’ldilar.