JIDU talabalari va “Teach for Uzbekistan” direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDU talabalari va “Teach for Uzbekistan” direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi direktori Nigina
Raxmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida JIDU bitiruvchi kurs talabalari tashkilotning O‘zbekistonda ta’lim tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyati bilan tanishish, hamkorlik va amaliyot istiqbollarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi. Xususan, tuman va qishloqlardagi og‘ir ijtimoiy sharoitda joylashgan maktablarga yosh yetakchi va mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, ta’lim sohasini tizimli va strategik rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishdir.
JIDU Karyera markazi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular faol savollar berib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Nigina Rahmonova yoshlarning ta’lim loyihalarida ishtirok etishi muhimligini ta’kidlab, bunday tashabbuslar o‘quvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va shaxsiy o‘sishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Uchrashuv ishtirokchilari ushbu imkoniyat uchun minnatdorchilik bildirib, “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti bilan kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirdilar.