
JIDUda “O‘zbekiston Respublikasida sud tergov institutini tashkil etilishi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “O‘zbekiston Respublikasida sud tergov institutini tashkil etilishi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Jinoyat huquqi fani doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi sudyasi B. Mo‘minov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida sud tergov institutini tashkil etilishi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsida, JIDU Yuridik klinikasi direktori Z. Ubaydullayev, “Xalqaro huquq” fakulteti dekani S. Muratayev, fakultet dekan muovini F. Tashev, Jinoyat huquqi fani o‘qituvchisi D. Soliyev hamda “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
B.Mo‘minov o‘z nutqida O‘zbekistonda sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Shu ma’noda spiker mamlakatimizda 2025-yil 1-yanvardan boshlab, jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar roʻyxatiga “tergov sudyasi” lavozimi kiritilganini ma’lum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyunda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yangi lavozimning joriy etilishiga huquqiy asos boʻlib xizmat qildi.
Mahorat darsi davomida sudya B.Mo‘minov talabalarga tergov sudyalari vakolatiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqish asoslari va tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Sana: | 20.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 246 |
Ulashish: |