
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi D. Xaliknazarova raisligida Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud jarayonida JIDU Yuridik klinikasi direktori Z.Ubaydullayev, “Xalqaro huquq” fakulteti dekani S.Muratayev, sud kotibi, davlat ayblovchisi, sudlanuvchi, advokat hamda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Sayyor sud majlisida Jinoyat kodeksining 276-moddasi: “Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar” 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat sodir qilgan shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Talabalar sud protsessi bosqichlari, ishga doir umumiy ma’lumotlar bilan tanishish, sud amaliyotini joylarda tadbiq etilishi bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur ish bo‘yicha og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berildi va bu talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish qatorida bu turdagi jinoyatlarga qarshi immunitetini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur sayyor sud majlisi Jinoyat huquqi doirasidagi moddiy huquq normalarining protsessual normalar orqali amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy mahorat darsi bo‘lib xizmat qildi. Jarayon yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.