JIDU o‘qituvchisi “Kelajak: Ilmli Qizlar Hamjamiyati” Forumida taqdirlandi

    Joriy yilning 11-fevral – Xalqaro fan-ta’limdagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan faol ilm-fan va ta’lim sohasidagi xotin-qizlar “Kelajak: Ilmli Qizlar Hamjamiyati” forumida bir maydonga jam bo‘lishdi. Ushbu noan’anaviy va kreativ forum ilm-fan yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishgan ayollarni birlashtirib, yosh avlod bilan o‘z tajribalarini ulashish imkoniyatini yaratdi.

    Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi o‘qituvchisi, jahon iqtisodiyoti yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan doktorant Dilafruz Sodiqova ushbu forumda speaker sifatida ishtirok etib, o‘z ilmiy yo‘li, muvaffaqiyat sari muhim qadamlar hamda ilm-fan sohasiga endi kirib kelayotgan yosh qizlarga foydali maslahatlarini berdi.

    Ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasidagi faoliyati, ijtimoiy tarmoqlardagi “Pro Study” blogi orqali yoshlarni ilmga jalb qilishda qo`shgan hissasi uchun D. Sodiqova Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.