JIDU vakillari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

JIDU vakillari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

    JIDU vakillari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

    JIDU vakillari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

    Joriy yilning 11-noyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rus tili: ta'lim va o'rganishdagi an’analar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Hamkorlik asosida o'tkazilgan konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.

     Konferensiyani Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg  Malginov ochib berdi va yig‘ilganlar oldida so‘z olar ekan, rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.

    Anjumanda Rossiya, Oʻzbekiston, Belarus va Qozogʻiston oʻqituvchilari ham maʼruza qildilar. JIDU professori G.M. Rahmatullayeva ham o'z ma'ruzasida rus tili ta'limining innovatsion metodlari haqida gapirib, diplomatik aloqalarda til bilishning muhimligini aytib o'tdi. Shuningdek, konferensiya doirasida tilshunoslar rus tilini o‘qitish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va o‘qitishning yangi usullarini taqdim etdilar.