JIDUda O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon ayollarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon ayollarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 20 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston – Polsha ishbilarmon ayollarining xalqaro biznes-forumi ” bo‘lib o‘tdi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan forumda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Hukumati a’zolari, vazirlik, idora va tashkilotlar mutasaddilari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Polsha delegatsiyasi a’zolari, Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi xodimlari, olima va tadbirkor ayollar, shuningdek, JIDU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi.
Polsha vakillik delegatsiyasi tomonidan Polsha – O‘zbekiston parlament hamkorlik guruhi raisi o‘rinbosari, Polsha Madaniyat va milliy meros vaziri o‘rinbosari Bojena Jelazovska, Polsha ayollari ligasi assotsiatsiyasi raisi Aldona Mixalyak, Polsha ayollari ligasi assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Silviya Rujitska Yarosh, Polsha energetik guruhi AJ hay’ati a’zosi Eljbeta Nebish ishtirok etishdi.
Forumni О‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yechimini kutayotgan muammolar, xorijiy sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlari, tadbirkor ayollarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni tobora ortib borayotgani masalalari muhokama qilindi.
JIDUdagi tadbir O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida davom etayotgan Hamkorlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.