Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Xalqaro Arbitraj sudlari birlashmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Xalqaro Arbitraj sudlari birlashmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Xalqaro Arbitraj sudlari Birlashmasi raisi Nazirjon Tog‘ayev va rais o‘rinbosari Sherali Yunusov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Assotsiatsiya vakillari JIDU talabalari bilan trening va suhbat o‘tkazdi va ularning savollariga javob berdi. Bundan tashqari, ular hakamlik sudlarida ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha master-klass o‘tkazdilar.