
JIDU vakillari olima ayollarning xalqaro davra suhbatida ishtirok etdilar
JIDU vakillari olima ayollarning xalqaro davra suhbatida ishtirok etdilar

Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida ziyoli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Global Women's Breakfast (GWB 2025)” xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, professor E.Sultonova, JIDU dotsentlari S.To‘raeva va M.Mirxamidovalar ishtirok etishdi. Ular o‘zlarining pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir so’nggida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga kelgusida ilm-fan masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish, turli soha olimalari uchun muloqot hamda tajriba almashish maqsadida xilma-xil inklyuziv loyihalar yaratishga ko‘maklashish taklif etildi.
Sana: | 11.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 190 |
Ulashish: |