
JIDUda “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
JIDUda “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi va talabalar bilan birgalikda “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni JIDU Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova ochib berdi. U talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri olib borishga chaqirdi. Vrach epidemiolog S.Abidova OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olish bo‘yicha ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada OIV/OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, etiologiyasi, dunyoda tarqalganligi, kasallik manbalari va profilaktika usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, klinik belgilari va profilaktikasini tushuntirishdan iborat edi.