JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Strategik tahlil va prognozlash boshqarmasi xodimi Alisher Usmonov JIDUning “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha 4-kurs talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilari TIV tizimida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashning asosiy tamoyillari va usullari bilan batafsil tanishtirildi. Tizimli tadqiqotlar, modellashtirish texnikasi va xalqaro vaziyatlarni ekspert baholashga alohida e’tibor qaratildi. Ma’ruza davomida diplomatik faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga oid salmoqli masalalar muhokama qilindi.
Ma’ruzachi talabalarning guruhlarda faol ishini ham tashkil etdi. Xususan, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama va takliflar uchun ko‘rib chiqildi. Keys-stadi usullaridan foydalangan holda talabalar aniqlangan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Mahorat darsi davomida faol fikr almashildi. Mazkur tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Sana: | 04.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 160 |
Ulashish: |