Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda ma’ruza qildi

Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda ma’ruza qildi

    Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda ma’ruza qildi

    Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda ma’ruza qildi

    Joriy yilning 12-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Shvetsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy tashrif buyurdi.

     “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” kursi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirni JIDU Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov ochib berib, tashrif buyurgani uchun yuqori martabali diplomatga minnatdorchilik bildirib, universitet va Shvetsariya elchixonasi o‘rtasida muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini va bunday uchrashuvlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirishga katta hissa qo‘shayotganini ta‘kidladi.

    Tashrif davomida elchi K.Obolenskiy “Switherland: political system and economy of landlocked country” nomli ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsariyaning siyosiy va iqtisodiy tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Elchi o'z nutqida Shvetsariya dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmaganiga qaramay, dunyodagi eng raqobatbardosh va innovatsion iqtisodiyotlardan birini qurganligini qayd etdi.

    Shuningdek, ma’ruzachi Shvetsariyaning O‘zbekiston bilan 1992-yilda fan-ta’lim, sog’liqni saqlash, inklyuziv va barqaror rivojlanish, davlat boshqaruvi, tabiiy infratuzilma resurslarini rivojlantirish masalalarida yo‘lga qo‘yilgan munosabatlar 33 yildan buyon samarali davom etayotganini ta’kidladi.

    Tadbir so‘nggida elchi hamda tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro savol-javob tashkil qilindi. Unda talabalar Shvetsariya hamda uning O‘zbekiston bilan aloqalari haqida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.