“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi

“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi

    “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi

    “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat olib borayotgan yosh olim, ilmiy izlanuvchi va talabalar o‘rtasida  “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi tashkil etildi.

    Tanlov ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilinayotgan va yuqori professional darajada tayyorlangan eng yaxshi materiallarni aniqlash hamda  ularning mualliflarini taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

    Tanlovda universitetda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.

    Ishtirok etmoqchi bo'lganlar joriy yilning 10-maygacha ilmiy-ommabop gazeta va jumallarda e’lon qilingan 1 ta materialni elektron shaklda (pdf) qachon va qaysi ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilinganligi haqidagi ma’lumot bilan @Miravaz_TM ga yuborishlari kerak.

    Tanlov g'oliblari quyidagi pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlanadi:

    1- o‘rin - bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;

    2-o‘rin - bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;

    3-o‘rin - bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.

    Tanlovga taqdim etilgan materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ishtirokchi javobgar hisoblanadi.

    Tanlov nizomi

    Qo'shimcha ma'lumot uchun:

    +99871-267-07-07 (109)