JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev o‘z so‘zida mamlakatimiz mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib, jamiyat taraqqiyotida ta’lim va ilm-fanning muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
S. Safoyev o‘tgan o‘quv yili yakunlarini ham sarhisob qildi. Akademik sohadagi muhim yutuqlarga e'tibor qaratgan holda, u xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va amalga oshirilgan innovatsion loyihalarning ahamiyatini ham ta'kidladi.
Rektor o‘z so‘zini yakunlar ekan, barcha JIDU xodimlarini universitet oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifa – Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun birlashishga chaqirdi.
Tadbir doirasida JIDU professor-o‘qituvchilari va xodimlari ilmiy faoliyatdagi yuksak yutuqlari va o‘quv jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandilar.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tashqi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun universitetning bir qator xodimlariga diplomatik Martaba berildi.