JIDUda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 4-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Bahodirovich Ibragimov bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor G. Ismailova, fakultet dekanlari hamda JIDUning tegishli kafedralari va bo‘linma vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy dinamikasini, ayniqsa ta’lim sohasidagi hamkorlikni qayd etdilar. Muhokamalar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, akademik mobillik, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy nashrlar va professor-o‘qituvchilar almashinuviga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Qozog‘istonning yetakchi universitetlari va tahlil markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Elchixona Qozog‘istonning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga hamda ikki tomonlama akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Ilmiy loyihalar va qo‘shma dasturlar uchun yangi platformalar yaratish muhimligi ta’kidlandi, bu esa o‘z navbatida ikki davlatda ta’lim va fan rivojiga hissa qo‘shadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni faollashtirish va ta’lim hamda ilmiy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi strategik tashabbuslarni ishlab chiqishga qiziqish bildirishdi.
Sana: | 05.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 62 |
Ulashish: |