![JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi](/static/images/pexels-photo-4846461.jpeg)
JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
![JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi](https://api.uwed.uz/uploads/article/IYN9GwTHUmPNUnE6S5BC0znufKJacJxQQaC3pUA7.jpg)
Joriy yilning 27-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xodjayev Ashraf Bahodirovich bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G. Ismailova, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” fakultetlari dekanlari, Akademik ishlar ofisi boshlig‘i, professor-o‘qituvchilar hamda JIDUning Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari ishtirok etdilar.
O‘z nutqida G. Ismailova JIDUning Qatar universitetlari va tahliliy markazlari bilan akademik, ilmiy va madaniy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi. Qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Elchi taklif etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi, aloqalarni kengaytirishning muhim jihatlarini qayd etdi va ularni amalga oshirishda elchixona tomonidan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Muhokama davomida JIDU talabalari uchun A. Xodjaev tomonidan Qatar Davlatining taraqqiyot modeli va o‘zbek-qatar munosabatlarining zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan onlayn-ma’ruza tashkil etish taklifi ham bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlash maqsadida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.