JIDU talaba qizlari uchun psixologik suhbat tashkil etildi

JIDU talaba qizlari uchun psixologik suhbat tashkil etildi

    JIDU talaba qizlari uchun psixologik suhbat tashkil etildi

    JIDU talaba qizlari uchun psixologik suhbat tashkil etildi

    Joriy yilning 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan universitetning talaba qizlari uchun malakali psixolog Sayfutdinova Gulxanoy bilan hamkorlikda psixologik suhbat tashkil etildi.

    Suhbat davomida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustaxkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

    Undan tashqari talabalarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, stress bilan kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘z-o‘zini boshqarish bo‘yicha muhim maslahatlar berildi. Psixolog talabalarga turli tavsiyalar bilan birga, hayotdagi murakkab vaziyatlarni yengish uchun foydali texnikalar bilan tanishtirdi.

    Tadbirning qiziqarli jihatlaridan biri esa talabalar uchun yaxshi kayfiyat ulashuvchi qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazilgani bo‘ldi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning darslar va kundalik hayotdagi stressdan chalg‘ib, o‘zlarini ruhiy jihatdan yengil his qilishlariga yordam berdi.

    Davra suhbati nihoyasida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga psixolog tomonidan atroflicha javoblar berildi.