JIDU talabasi BMT Preventiv diplomatiya akademiyasining yetakchilaridan biri etib tayinlandi
JIDU talabasi BMT Preventiv diplomatiya akademiyasining yetakchilaridan biri etib tayinlandi
Joriy yilning 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antonio Guterres BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (UNRCCA) tashabbusi bilan tashkil etilgan Preventiv diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda JIDU Xalqarohuquq fakulteti 2-bosqich talabasi Preventiv diplomatiya akademiyasi a’zosi Otabek Turg‘unboyev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “Markaziy Osiyoda transchegaraviy suvlardan foydalanish: xalqaro huquqiy hamkorlik va istiqbolli rejalar” mavzusida ma’ruza qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O.Turg‘unboyevga “O‘zbekistonning Preventiv diplomatiya akademiyasidagi yetakchisi” maqomi berildi. U, shuningdek, O‘zbekistondagi “Preventiv diplomatiya elchisi” bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: UNRCCA Preventiv diplomatiya akademiyasi faoliyati BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan Yoshlar strategiyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining yoshlar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha 2250 (2015) rezolyutsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.