Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Nippon jamg‘armasi yapon adabiyoti kitoblarini sovg‘a qildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Nippon jamg‘armasi yapon adabiyoti kitoblarini sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-sonli “JIDU faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosida universitetning o‘quv resurslarini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida Sharq tillari kafedrasi Yaponiyaning NIPPON jamg‘armasi bilan hamkorlik doirasida universitet kutubxona fondini yangilash loyihasini amalga oshirdi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 17-aprel kuni Sharq tillar kafedrasi Yaponiya jamg‘armasidan 107 ta kitob, jumladan, yapon tili bo‘yicha darsliklar, Yaponiya madaniyati bo‘yicha adabiyotlar, shuningdek, Yapon tilida Jahon ensiklopediyasining 24 jildini bepul oldi.
Yangi o‘quv adabiyoti nafaqat yapon tili, balki Yaponiya tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan.