JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

    JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

    JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

    Joriy yilning 27-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori o‘rinbosari - Kayumov Shavket Rustamovich, bo‘lim boshlig‘i G‘ulomov Shuxratjon Baxodirovich, Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Mirzaraimov Sardor Toxirovich, shuningdek, JIDU professor-oqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

    Tadbirda mas’ul xodimlar so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilish holatlari ortayotganligiga to'xtalishdi.  Buning ortidan ular tomonidan jinoyatlar sodir etilayotgani, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, ayrim yoshlarning ushbu illat ta’sirida o‘z kelajagini barbod qilayotganligini qayd etishdi.

    Tadbir yakunida giyohvandlikka qarshi kurashishni umummilliy harakatga aylantirish, bu borada huquqiy targ‘ibot tadbirlarining rolini yanada oshirish, ushbu jinoyatga qo‘l urgan shaxslarga esa qat’iy jazo choralarini ko'rish lozimligi qayd etildi.

    Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.