JIDU talabalari jinoyatlarning yangi turlaridan xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan taqdimot qildilar

    Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida jinoyatlarning yangi turlaridan xabardorlikni oshirish, shu bilan birga ingliz tili bo‘yicha bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

    “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida 2-kurs talabalari tomonidan poraxo'rlik, pul yuvish, talon-toroj, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash, firibgarlik kabi jinoyatlar turlariga oid ma’lumotlardan iborat plakatlar, bukletlar va flayerlar tayyorlandi. Ingliz tilida tayyorlangan axborot materiallarida ushbu jinoyatlar va ularga oid statistik ma'lumotlar, jamoatchilikni jinoyatlarning qurboni bo'lishdan saqlashga qaratilgan tavsiyalar va bu jinoyatlarga qarshi kurashayotgan hukumat tashkilotlari haqida ma'lumotlar berildi.

    Ishtirokchilar orasidan eng yaxshi jamoalar tanlab olinib, ularning vakillariga AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi.

    Tadbir talabalarning turli turdagi jinoyatlar va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga, ularni ingliz tilida huquqiy atamalarni faolroq o‘rganishga turtki bo‘ldi.