JIDUda yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdimot qilindi

    Joriy yilning 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari to‘g‘risida” nomli uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Unda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

    Uslubiy qo‘llanmada yoshlar o‘rtasida psixofaol moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq vaziyat, talabalar tomonidan psixofaol moddalar suiiste’molining sabab va omillari, belgi va alomatlari, psixofaol moddalarning notibbiy iste’molini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar algoritmi bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida narkotik moddalarni noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ham yoritilgan.

    Taqdimot davomida tinglovchilarga uslubiy qo‘llanmaning mazmun va mohiyati, uni ishlab chiqilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, kelgusida undan foydalanish tartibi hamda taomillari xususida batafsil tushunchalar berildi.

    Tadbir asnosida bu borada hamkorlikda qilinadigan ishlar va mazkur uslubiy qo‘llanmani oliy ta’lim muassasalarida keng tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

    Uslubiy qo‘llanmada qayd etilgan tavsiyaviy ko‘rsatmalar kelgusida mutaxassislar tomonidan talabalar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish borasidagi tashkil etiladigan tarbiyaviy va profilaktik tadbirlarni maqsadli va sifatli o‘tkazilishida ko‘mak beradi.