JIDUda “Yong‘indan ogohlik” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
JIDUda “Yong‘indan ogohlik” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Joriy yilning 9-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Yong‘indan ogohlik" mavzusida o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir xodimlar va talabalarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ehtiyot choralari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Trening davomida energiya va gaz resurslarini ishlatish bilan bog‘liq asosiy xavflar va ularning natijasi sifatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gazdan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi yonishi kabi holatlar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga ushbu holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Xodimlar va talabalarning birinchi darajali yong‘in o‘chirish vositalarini to‘g‘ri ishlatish va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi bo‘yicha ta'lim berishga alohida e'tibor qaratildi. Mirzo-Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislari universitetda xavfsiz ta'lim muhiti yaratishga yordam beradigan qimmatli bilim va amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va favqulodda vaziyatlarga javob berishga tayyorlikni oshirishga ko‘maklashadi, bu esa kuz-qish mavsumiga yaqinlashib kelayotganimizda juda muhimdir.
Sana: | 09.10.2024 |
Ko'rganlar soni: | 398 |
Ulashish: |