![JIDUda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi](/static/images/pexels-photo-4846461.jpeg)
JIDUda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
![JIDUda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi](https://api.uwed.uz/uploads/article/QLBJ9sQYyonfpnobJDKEYXTmA5VQInFW6pr6w7s9.jpg)
2025 yil 24-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) Xalqaro aloqalar va dasturlar bo‘yicha prorektori G. Gasanov, Ilmiy markazlar rahbari R. Guseynova va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Alakbarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JIDU tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor G. Ismailova, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani M. Xamdamov, “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi mudiri L. Tashpulatova, “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasi mudiri U. Sharipova hamda Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida tomonlar JIDU va UNEC faoliyati, ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumot almashdilar.
Ozarbayjon vakillari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumaldan, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamkorlikda seminar va konferensiyalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida JIDU va UNEC vakillari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.