JIDUda “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 24-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ul xodimlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalarni O‘zbekistonning noyob tabiiy maskanlari bilan yaqindan tanishtirish, bog‘lar va qo‘riqxonalar o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, tabiiy milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdan iborat edi.

    Davra suhbati davomida Tabiat obyektlarini muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari Mirjalol Yoqubov va Feruz Sindorov Milliy bog‘ va qo‘riqxonalarning paydo bo‘lish tarixi bilan tanishtirib, O‘zbekistondagi tabiiy ob’yektlarga tashrif buyurganlarida tabiat go‘zalligi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Ma’lumotlar tarbiyaviy, qiziqarli va yoshlarda ekologik madaniyatni, ona tabiatimizni asrab-avaylashda fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish uchun foydali bo‘ldi.