Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida MDXMI bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida MDXMI bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bir guruh o‘qituvchilari va magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev rossiyalik yosh tadqiqotchilarga Yangi O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy modernizatsiyasi, yangilanayotgan mamlakatning buguni va kelajagi uchun muhim tarixiy ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
MDXMI vakillari O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi jarayonlarga oid ko‘plab savollarga javob oldilar.
MDXMI delegatsiyasi, shuningdek, tahlil markazi – Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti faoliyati bilan tanishish, joriy tadqiqotlar ko‘lami va hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
JIDU va MDXMI o‘rtasida ilmiy va akademik sohalardagi aloqalarni davom ettirishdan manfaatdorlik qayd etildi.