Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2024-2025-o‘quv yili 25-mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2024-2025-o‘quv yili 25-mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2024-2025-o‘quv yili 25-mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupdjanov va Xalqaro huquq fakulteti dekani U.Yakubxodjayevlar so‘zga chiqdilar.
O.Yusupjanov o‘z nutqida “Yuridik klinikadagi amaliyot, talabalarning bo‘lajak diplomat yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ul xodimi, advokatlik faoliyati yoki xalqaro huquq sohasida yuridik faoliyat olib boruvchi huquqshunos sifatida yetishib chiqishlarida muhim va yuksak ahamiyat egadir”- deya ta’kidlab o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, Yuridik klinika nufuzli muassasa bo‘lib, unda tajribali yuristlar va talabalar turli huquqiy masalalar bo‘yicha yuqori sifatli maslahat va yordam ko‘rsatish uchun o‘z kuchlarini birlashtiradilar. Ular moliyaviy ahvoli, ijtimoiy mavqei va kelib chiqishidan qat’iy nazar, har bir insonning yuridik yordam olish imkoniyatini ta’minlashga harakat qilishadi.