JIDUda “Geosiyosiy maktablar simulyatsiyasi" tadbiri bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Geosiyosiy maktablar simulyatsiyasi" tadbiri bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faol talabaridan tashkil topgan "Diplomatic Synergy" klubi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va siyosiy sohada o‘zlashtirilgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida Xalqaro munosabatlar va Siyosatshunoslik kafedralari rahbarligida "Geosiyosiy maktablar simulyatsiyasi" tadbiri bo'lib o'tdi.
Jamoalar viktorina savollari, og‘zaki prezentatsiyalar va aqliy hujum orqali zamonaviy geosiyosatda mavjud maktablar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlari yuzasida bahs-munozaralar olib bordilar. Simulyativ o‘yin natijalariga ko‘ra guruhlar o‘trasida g‘oliblik quyidagicha taqsimlandi:
1- o‘rin - Zamonaviy rus geosiyosat maktabi;
2- o‘rin - Fransuz geosiyosat maktabi;
3- o‘rin - Anglo-sakson geosiyosat maktabi.
Tadbir anchayin qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘z pozitsiyalarini himoya qilish uchun boshqa jamoalar bilan musobaqaga kirishdilar va o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar.