Rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30/1-2003-sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda oliy ta'lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi yoshlarni biriktirish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish maqsadida joriy yil 22-may kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev o‘ziga biriktirilgan yoshlar (24 nafar) bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida S.Safoyev mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalambor, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani va bu borada katta ishlar qilinayotganini alohida ta’kidladi. Lekin yoshlar ham bu imkoniyatni qadrlashi, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilishi kerak.
Ochiq muloqotda JIDU rektori S.Safoyev xorijiy tillarni jadal o‘rganish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni puxta egallash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni maslahat berdi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunda yoshlar universitet hududi, o‘quv jarayoni va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.