JIDUga Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti tashrif buyurdi

JIDUga Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti tashrif buyurdi

    JIDUga Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti tashrif buyurdi

    JIDUga Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti tashrif buyurdi

    Joriy yil 20-yanvar kuni Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti doktor Akihiko Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.  

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev va JICA prezidenti A. Tanaka boshchiligidagi yapon delegatsiyasi ta'lim dasturlari, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, barqaror rivojlanish va dolzarb global muammolarni hal qilishga qaratilgan texnologiyalar sohasidagi hamkorlik loyihalarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari universitet va yapon ilmiy muassasalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashga yordam beradigan qo‘shma seminarlar va konferentsiyalar tashkil etish bo‘yicha g‘oyalarni ko‘rib chiqdilar. N

    Tashrif davomida JICA prezidenti A. Tanaka JIDUning Faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi. 

    Tadbir doirasida doktor Akihiko Tanaka “Barqaror global rivojlanish muammolari va xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.         

    Ma’ruzasi davomida JICA prezidenti global chaqiriqlarga, jumladan, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy tengsizlik va barqaror rivojlanish kabi muammolarni hal qilishda mamlakatlarning birgalikdagi sa'y-harakatlarining ahamiyatini ta'kidladi. U shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

    Yapon olimi va JICA rahbarining ma'ruzasi JIDU talabalari va o‘qituvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi va Yaponiyaning xalqaro hamjamiyatdagi roli haqida tasavvurlarni kengaytirdi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti JICA fondi bilan 20 yildan ortiq hamkorlik qilmoqda. Bu davr mobaynida bir qancha qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Ularning biri doirasida fond har yili universitetga yapon tilini o‘qitish uchun volontyorlar taqdim etadi.

    2020-yildan boshlab, JIDU JICA bilan birgalikda “JICA CHAIR” deb nomlangan yirik tadbirni o‘tkazmoqda. Bu tadbir doirasida Yaponiyaning va boshqa mamlakatlarning taniqli olimlari tomonidan iqtisodiyot bo‘yicha ma'ruzalar o‘tkaziladi.

    2023-yilda JICAning O‘zbekistondagi sobiq rahbari Miyazaki Suguru universitetda Yaponiyaning iqtisodiyoti bo‘yicha 5 ta ma'ruza o‘tkazdi. Bu ma'ruzalar ham talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning Yaponiyaga oid bilimlarini kengaytirdi.