JIDUda Italiya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

JIDUda Italiya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

    JIDUda Italiya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

    JIDUda Italiya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

    2025 yil 13-fevralda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida (JIDU) Italiya – O‘zbekiston Savdo palatasi kengashi a’zosi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy taэlim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Marko Farchi hamda Italiyaning Toshkentdagi Elchixonasi vakili Elena Vyan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    JIDUdan muzokaralarda Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Umarov, Romano-german tillari kafedrasi mudiri V. Mamatkasimova, italiyan tili o‘qituvchisi M. Madraximova hamda Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari ishtirok etdilar.

    Muzokaralar chog‘ida JIDU va Italiya universitetlari o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    Marko Farchi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning ijobiy o‘sish tendensiyasiga o‘z nuqtai nazarini bildirib, ikki mamlakat universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Italiya O‘zbekiston bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini, jumladan, faqat til fanlari bilan cheklanib qolmaydigan yozgi kurslarni, shuningdek, Erasmus+ doirasida ikki tomonlama diplom dasturlarini rivojlantirishdan manfaatdor.

    Shuningdek, talabalar uchun malaka oshirish dasturlarini yaratish va qo‘shma tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlash orqali taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. Tomonlar kelgusida yanada faol va muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun keyingi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldilar.