JIDU professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning Turkiya davlatidagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
JIDU professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning Turkiya davlatidagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zbekistonning Turkiya davlatidagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Turkiyadagi elchixona vakillaridan siyosiy ishlar bo‘yicha maslahatchi – Avazbek Xadjimetov, ikkinchi darajali kotib – Dilrux Temiraliyev va elchixona xodimi – Abdumalik To‘ychiboyev va JIDUning Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar, Xalqaro munosabatlar, Siyosatshunoslik, Xalqaro moliya va investitsiyalar, Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar, Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari, O‘zbek va rus tillari, Sharq tillari kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikning qator yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Jumldan, Turkiyaning yetakchi Oliy ta’lim muassasalari bilan turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy va muvofiq yo‘nalishlarda malaka oshirish dastrurlarini tashkil qilish, Turkiya universitetlari va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalar, mahorat darslari, davra suhbatlari o‘tkazish va hammualliflikda nashrlar qilish, Turkiyaning nufuzli Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarni JIDU ilmiy tadqiqot ishlari va o‘quv jarayonlarida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi chora-tadbirlar kelishib olindi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonasi vakillari yuqorida qayd etilgan dasturlarni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishlarini aytib o‘tdilar.
Sana: | 09.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 263 |
Ulashish: |