Tashqi ishlar vazirligi vakillari JIDUda Markaziy Osiyo Transport koridorlari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi
Tashqi ishlar vazirligi vakillari JIDUda Markaziy Osiyo Transport koridorlari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi
Joriy yilning 25-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishi magistrantlari uchun Markaziy Osiyo Transport koridorlari bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Unda Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bosh mutaxassisi Ulug‘bek Abduyaminov hamda Iqlim o‘zgarishi, ekologiya, tranzit va transport salohiyatini rivojlantirish bo‘limi 1-kotibi Mirazimbek Xamidov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Diplomatlar talabalarga mintaqamizda o‘tuvchi va rejalashtirilayotgan koridorlar: “Bir kamar bir yo‘l” loyihasi doirasida o‘tayotgan koridor, Zangezur koridori va boshqa koridorlar haqida, ularning tashabbuskorlari hamda ularning O‘zbekiston uchun imkoniyatlari haqida tushuncha berishdi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekistonning mazkur loyihalar doirasidagi tashabbuslari va salohiyatiga alohida to‘xtaldi.
Ma’ruzachining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘zi ham xalqaro koridorlarni rivojlantirayotganda o‘zining tranzit mamlakatga aylanishni hisobga olishi, mintaqa markazida joylashganimiz tranzit imkoniyatini oshiradi, bu esa O‘zbekiston iqtisodini foydasini oshiradi.
Diplomatlar mavzu bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarga boy, amaliyotdan misollar keltirgan holda juda qiziqarli mahorat darsi o‘tkazdi.