Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

    07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi;

    08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;

    12.00.01  Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi;

    12.00.02  Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;

    12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;

    12.00.10 – Xalqaro huquq;

    23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.

    Ilmiy-tadqiqot mavzularini quyidagi ustuvor tadqiqot yo‘nalishlardan kelib chiqib belgilash tavsiya etiladi:  

    1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi;
    2. Raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalar
    ;
    3. Yashil iqtisodiyot va barqarorlik
    ;
    4. Ta’minot zanjirining mustahkamligi va qayta tashkil etish masalalari
    ;
    5. Geosiyosiy noaniqlik va savdo dinamikasi
    ;
    6. Demografik o‘zgarishlar va mehnat bozori
    .

    Talabgorlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar https://daraja.ilmiy.uz/   veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

    Talab etiladigan hujjatlar va ularni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil https://lex.uz/docs/3213407  havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

    Tayanch doktorantura (PhD), doktoranturaga (DSc) hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar til sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
    Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 54-uy, JIDU, Fan va innovatsiyalar bo‘limi.

    Tel.: (998 71) 267-67-69, (+998 90) 817-60-84, (+998 90) 989-38-68