JIDU Ingliz kafedrasi tomonidan o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi
JIDU Ingliz kafedrasi tomonidan o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ingliz tili kafedrasi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, 4-maqsad: Sifatli ta’lim, inklyuziv va teng huquqli ta’limni ta’minlash hamda uzviy ta’limni rag‘batlantirish mavzusida seminar o‘tkazdi.
Seminar maqsadi BRM mavzularini o'rganish, chet tillarini o‘qitish va joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, ushbu seminar davomida yoshlar bilan BRM mavzularini boshqa fanlarga integratsiya qilish usullari chuqur muhokama qilindi.
Seminarda talabalarning tanqidiy fikrlash va dizayn ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda barqaror rivojlanishning universitet miqyosida BRM ko'nikma va madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Seminar davomida amalga oshirilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, o‘qituvchilar Ingliz tili kafedrasi tomonidan BRM mavzusi bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar qanday o‘tkazilayotgani haqida o‘z tajribalari bilan bo'lishdilar.
BRM mavzusi talabalarni ma'lumot olishga va ularni hal qilishga undaydigan o‘quv materiallari va tadbirlarni tashkil qilish uchun ruhlantirdi.