
Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan “O‘zbekistonning madaniy-sivilizatsion salohiyati: diplomatik resurs sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan “O‘zbekistonning madaniy-sivilizatsion salohiyati: diplomatik resurs sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Joriy yilning 23-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan “O‘zbekistonning madaniy-sivilizatsion salohiyati: diplomatik resurs sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Sh.Abdullayev ochib berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida Sh.Ganiyeva “Meros – O‘zbekistonning yumshoq kuchi omili sifatida” mavzusida, T.Mkrtichev “Oʻzbekistonning qadimgi tarixi – hozirgi davrda siyosiy munosabatlarni shakllantirish omili sifatida” mavzusida hamda A.Djumayev “Madaniyat va madaniy meros: muammolar va tendensiyalarni aniqlashga urinish” mavzusida chiqish qildi.
Davra suhbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Sana: | 23.06.2023 |
Ko'rganlar soni: | 2774 |
Ulashish: |