JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, JIDU qoshidagi diplomatik akademiya direktori Abdusamat Xaydarov, «Xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “Xalqaro munosabatlar”, “Executive Education” fakultetlari dekanlari, “Til ta'limi markazi” direktori,  o‘quv-uslubiy bo‘lim va xalqaro aloqalar bo‘limi boshliqlari, shuningdek kafedra mudirlari ishtirok etdi.

    A.Umarov universitet va diplomatik vakolatxonalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratib, ta’lim va madaniy dasturlar sohasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Koreyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik tajribasi va bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

    O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi A.Abdusalomov sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib, qator amaliy takliflar bildirdi.

    Uchrashuvda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari va ilmiy institutlari bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va grantlar imkoniyatlari, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida bilim almashish va ilmiy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar universitetning jahon ta’lim makoniga integratsiyalashuvi bo‘yicha strategik maqsadlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.