JIDU professor-o’qituvchilari ishtirokida “Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari xavfsizligi hamda sun'iy intellekt” mavzusida seminar-trening oʼtkazildi

    Joriy yilning 7-yanvar kuni, Olmazor tumanidagi 134-umumtaʼlim maktabida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor- o‘qituvchilari ishtirokida “Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari xavfsizligi hamda sun'iy intellekt” mavzusida seminar-trening oʼtkazildi.

    Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad oʼqituvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining xavfsizlik masalalari, sun'iy intellektning taʼlim tizimidagi roli va uning xavfsizlikka taʼsiri haqidagi kerakli maʼlumotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

    Seminarda “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi professori A.Sattorov, katta oʼqituvchilari A.Bo'riyeva va I.Yarashov, shuningdek, maktab maʼmuriyati va 52 nafar pedagogik hodimlar ishtirok etdilar.

    Seminar-treningda qo‘yilgan masalalar yuzasidan  A.Sattorov soʼzga chiqib, axborot texnologiyalari xavfsizligining global ahamiyatini taʼkidladi. U axborot xavfsizligi masalalariga oid zamonaviy yondashuvlarni, shaxsiy maʼlumotlarning himoyasi va himoya vositalarini, shuningdek, internet xavfsizligi masalalarini chuqur tahlil qildi. A.Bo‘riyeva  va I.Yarashov esa seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining taʼlim tizimidagi imkoniyatlari va muammolarini koʼrib chiqishdi. Ular o‘quvchilarning elektron hisoblash mashinalari va sun’iy intellekt dasturiy mahsulotlaridan foydalanishi bilan bog‘liq ijobiy va salbiy tomonlar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, bu texnologiyalarni qanday samarali tarzda qoʻllash, oʼquvchilarning axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamli vositalardan zararli ta'sirlarining oldini olish haqida amaliy tavsiyalar berildi.

    Seminar davomida taʼlim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va ularni axborot xavfsizligi haqida tarbiyalash masalalari alohida urg‘ulandi. O‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda yuzaga keladigan masalalar, masalan, o‘quvchilarning internetdagi xatti-harakatlari va ularga bo‘lgan pedagogik nazorat, shuningdek, ularning bilimini to‘g‘ri baholash va rivojlantirishning yangi usullari muhokama qilindi.

    Ta’kidlash joizki, ushbu seminar-trening nafaqat taʼlim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalariga tayyorlash, balki maktab o‘quvchilarining raqamli va axborot xavfsizligi borasidagi bilimlarini oshirish, ularda yangi texnologiyalarni xavfsiz va samarali foydalanish koʼnikmalarini shakllantirishga qaratilgan muhim bir qadam bo‘ldi.