JIDUda gender tengligi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

JIDUda gender tengligi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda gender tengligi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda gender tengligi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 3-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, gender tengligini ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda “BMT ayollar” tuzilmasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Jeren Guven ishtirok etdi.

    Davra suhbatida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash, zo‘ravonlikka qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik yutuqlarini ko‘rib chiqish, gender tengsizligi muammolarini hal etishda fanlararo yondashuv zarurligi kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqildi.

    Ishtirokchilarning alohida e’tibori mamlakatdagi gender asosidagi zo‘ravonlik ko‘lamini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotning statistik ma’lumotlariga qaratildi. Ushbu ma'lumotlar samarali javoblarni ishlab chiqish uchun juda muhimdir.

    Davlat va jamoat tashkilotlarining birgalikdagi sa’y-harakatlarigina tenglik va adolat uchun kurashda barqaror natijalarni ta’minlashi ta’kidlandi.

    Universitetdagi davra suhbati davlat organlari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlarini birlashtirgan holda butun O‘zbekistonni qamrab olgan “Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faollik” aksiyasi doirasida tashkil etildi. Uning maqsadi xabardorlikni oshirish, muloqotni rivojlantirish va zo'ravonlikka qarshi amaliy kurash uchun sharoit yaratishdir.

    JIDU bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Avvalroq mazkur aksiya doirasida universitetda “O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning dolzarb masalalari: bugungi holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi. Bu tadbir ham mamlakatda tenglik va adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.