“Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakat taraqqiyotidagi tub siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi bosqichi” mavzusida Ilmiy va Metodologik kengashlarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
“Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakat taraqqiyotidagi tub siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi bosqichi” mavzusida Ilmiy va Metodologik kengashlarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakat taraqqiyotidagi tub siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi bosqichi” mavzusiga bag‘ishlangan Ilmiy va Metodologik kengashlarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma majlis O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligida olib borildi. Rektor o‘z nutqida O‘zbekiston taraqqiyotining muhim dasturiy bosqichlariga, mamlakat modernizatsiyasining hozirgi bosqichiga xos xususiyatlariga va mamlakatning taraqqiyot paradigmasiga katta ahamiyat qaratdi. Ma’ruzada mamlakatning barcha jabhalari va sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga, “inson – jamiyat – davlat” konsepsiyasining tadbiq etilishiga, davlat boshqaruvi tizimini meritokratiya tamoyillari asosida transformatsiyasiga e’tibor qaratildi. Jadal o‘zgarib borayotgan xalqaro munosabatlar zamirida O‘zbekiston Respublikasining faol va konstruktiv tashqi siyosatiga to‘xtalib, rektor O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida mamlakat mintaqaviy davlat maqomiga ega bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, ma’ruzada Markaziy Osiyoda mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning samaradorligiga, O‘zbekistonning janubiy, janubi-sharqiy Osiyo va Yaqin sharq mamlakatlari bilan munosabatlarning muvaffaqiyatli olib borilishiga, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa xalqaro tuzilmalar faoliyatida ishtirok etishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Majlis davomida “Yangi O`zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” deb nomlangan ma’ruza va taqdimot bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi Gulnoza Ismailova so‘zga chiqdi. Ma’ruza va taqdimotda konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va omillari belgilab berildi, bular: iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga erishish, samarali boshqaruv, xavfsizlikni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashdir. Ta’kidlab o‘tilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati amalga oshirilishini, davlatning muhim majburiyatlaridan bo‘lgan inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlanishini belgilab bermoqda. Davlat boshqaruvi tizimi tubdan isloh qilinishi, parlamentarizmni mustahkamlanishi, sud hokimiyati mustaqilligining kafolatlanishi Asosiy Qonunimizda o‘z aksini topmoqda.
Mavzuga doir muhokama va munozarada Ilmiy kengash a’zolari, JIDU professor-o‘qituvchilari faollik bilan ishtirok etishdi.