JIDUda sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilindi

JIDUda sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilindi

    JIDUda sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilindi

    JIDUda sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilindi

    Joriy yilning 3-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Sun’iy intellekt va xalqaro huquq» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-158-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” Strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabi, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti kabi davlat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Pokiston va boshqa davlatlardan sun’iy intellekt sohasidagi ekspertlar konferensiyaga jalb qilindi.

    Tadbirning asosiy maqsadi – sun’iy intellektning xalqaro huquqiy tartibga solinishi masalalari bo‘yicha ilmiy munozaralar o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Konferensiya davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etish, ularning axloqiy jihatlari va huquqiy tartibga solinishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar hamda ularning inson huquqlariga ta’siri muhokama qilindi. Ayniqsa, sun’iy intellektni tartibga solishga qaratilgan yondashuvlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi, AQSh va Xitoy kabi davlatlar o‘rtasidagi farqlarga alohida e’tibor qaratildi.

    Forum ishtirokchilari tomonidan sun’iy intellektni tartibga solish sohasidagi xalqaro tendensiyalar va amaliyotlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Konferensiya yakuniga ko‘ra, tadbirda bildirilgan asosiy xulosalar va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ilmiy tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.