JIDU talabalariga “Konsullik amaliyotining o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi
JIDU talabalariga “Konsullik amaliyotining o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi
Joriy yilning 4-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun TIV Konsullik-huquqiy departamentining boshqarma boshlig’i Shuhrat Mahmudov tomonidan “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida “Konsullik amaliyotining o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi.
Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan Konsullik-huquqiy departamenti faoliyati atroflicha tushuntirib berildi. Shuningdek, Konsullik huquqining amaliyot bilan bog‘liq asosiy xususiyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarida faoliyat yurituvchi vakillarning asosiy vazifalari va shuningdek, xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolari duch keladigan muammolarni hal qilishda konsullarning roli haqida amaliy bilimlar berildi.
Mazkur turdagi dars mashg’ulotlari, shubhasiz, talabalarning amaliyot bilan bog’liq bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.