JIDU Yuridik klinikada 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati universitet davra suhbati tashkil etildi
JIDU Yuridik klinikada 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati universitet davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 31-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikada 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati universitet professor-o‘qituvchilar va klinikaga a’zo talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ning mazmun-mohiyati, unda ko‘rsatilgan bolalarning huquqlari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, Respublikamizdagi tarbiyasi og‘ir, oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashgan yoxud ajrim yoqasida turgan oila farzandlari o‘qitiladigan maxsus yopiq tarbiya muassasasida tahsil olayotgan yoshlarning ta’limi va kelajagi uchun manfaatli bo‘ladigan loyihalar ustida ustoz-shogird an’analariga muvofiq taklif va tashabbuslar tinglandi.
Shundan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston 24 telekanali axborot dasturi uchun bugungi kunda yuridik xizmatning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, yuridik klinika faoliyatiga oid maxsus reportaj tayyorlandi. Reportaj jarayonida talabalar ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Sud modeli tashkil etildi. Unda ko‘tarilgan masala farzand uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi va ota o‘z majburiyatidan bosh tortganligi sabab ayolning da’vo arizasi yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi va talabalar tomonidan ushbu holat yuzasidan huquqiy yechim topishga erishildi.