JIDUda O‘ZBEKISTONNING OZARBAYJON RESPUBLIKASIDAGI ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

    Joriy yilning 29-noyabr kuni Jahon  iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi  Bahrom Ashrafxonov va JIDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupjonov, Xalqaro munosabatlar hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekanlari, Til ta’limi markazi rahbari, Xalqaro aloqalar va marketing bo’limi boshlig‘i,  “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok  etdi.

    Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, Ozarbayjonning nufuzli OTMlari bilan ikki tomonlama (oʻquv, ilmiy, madaniy sohalarda) hamkorlikni jadallashtirish,  Ozarbayjon OTMlarida oʻzbek tilini oʻqitish masalalari bilan bogʻliq anjumanlar tashkil etishda amaliy koʻmak berish, til va madaniyatni targ‘ib etish,   Ozarbayjonning nufuzli OTMlari va tadqiqot markazlarida JIDU professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining malaka oshirishlari, elchixonaning yuqori boʻgʻin diplomatlari tomonidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish kontekstida mahorat darslarini tashkil etish masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida ishtirokchilar JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchixonasi o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.