JIDU va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
JIDU va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
JIDU «Xalqaro munosabatlar» fakulteti dekani Sh.Arapov Olma-Ota shahri (Qozogʻiston Respublikasi)ga tashrifi doirasida 2023-yil 5-6-mart kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani L.Delavarova rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan muzokara olib borildi. Maqsad – akademik va ilmiy yoʻnalishdagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish.
Uchrashuv davomida tomonlar bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvi va akademik mobillik dastrularlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif doirasida fakultet dekani Sh.Arapov “Ekspertlar nigohida Markaziy Osiyo yangi geosiyosiy va geoiqtisodiy voqelikda” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.