JIDU akademik litseyi o‘quvchilariga mamlakatimiz Konstitutsiyasining yoshlar uchun ahamiyati haqida so‘zlab berildi

    Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yoshlar huquqlarining mustahkam kafolati» mavzusida tadbir (Ombudsman soati)  bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Hushvaqt Hayitov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Murojaatlar bo‘limi mas’ul hodimi Farhod Subanov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori   Gulnoza Ismailova JIDU qoshidagi akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashdi.

    Ular o‘z chiqishlarida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat tomonidan yoshlar huquqlari kafolatlanishi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki rag‘barlantirilishi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

    Tadbir davomida o‘quvchilar uchun interaktiv savol-javoblar, guruhlarga bo‘lingan holda viktorinalar tashkil qilindi, musobaqa g‘oliblari Ombudsman sertifikatlari va sovg ‘alari bilan taqdirlandilar.