JIDU vakillari O‘zbekiston Respulikasining Quvaytdagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
JIDU vakillari O‘zbekiston Respulikasining Quvaytdagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Til ta’lim markazi rahbari, «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» fakulteti dekani, bo‘lim mudirlari, «Xalqaro iqtisod» va «Xalqaro moliya va investitsiyalar» kafedralari mudirlari hamda elchixonadan - Favqulodda va Muxtor Elchi Ayubxon Yunusov boshchiligidagi barcha diplomatlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda JIDU fakultet va kafedralari o‘rtasida Quvayt universitetlari, ilmiy markazlari va fondlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari oʻrtasida almashinuv, arab tilini oʻrgatish, arab tili oʻqituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi, xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlar, mahorat saboqlari o‘tkazilishi alohida ta’kidlandi.
Bu yoʻnalishda diplomatik missiya JIDU va Quvayt universiteti oʻrtasida ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatishga koʻmaklashishi aytib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Quvaytdagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.