JIDUda “Bu mening yashil sayyoram” mavzusida eko-diktantlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 25-30-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida “Bu mening yashil sayyoram” mavzusida eko-diktantlar tanlovi o‘tkazildi.

    Tanlov ekologik madaniyatni shakllantirish, ona-tabiatga mehrini oshirish, uni asrab-avaylash va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishdagi fikrlarini o‘rganish, shuningdek, yangi loyiha va g‘oyalar mazmunini shakllantirish maqsadida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etildi.

    Tanlov doirasida JIDU Xalqaro munosabatlar hamda Siyosatshunoslik yo‘nalishi, Xalqaro iqtisodiyot va menejment, Xalqaro huquq fakultetlarining 100 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi. 

    O‘tkazilgan diktant natijalariga ko‘ra milliy guruhlarda Adiba Botirova 1-o‘rin, Munavvara Yusupova va Dilorom Sayfullayeva 2-o‘rin, Sabrinabonu Nizomova va Otabek Umuruv 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, rus guruhlarda Xalqaro huquq fakulteti talabasi Gauxar Abdualiyeva 1-o‘rin, Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari Gavhar G‘anixo‘jayeva 2-o‘rin, Parvina Turdiboyeva 3-o‘rinni egalladi.

    G`oliblarga diplom hamda esdalik sovg`alari topshirildi.